28.04.2024
ico-rss

Ishonch telefoni / Телефон доверия

(+99871) 2565685

“Kasaba uyushma kuni” va “Ma'naviyat soati”da dolzarb mavzudagi davra suxbati o'tkazildi

User Rating:  / 2
PoorBest 

Ma'ruzada mamlakatimizdagi tinchlikning barqarorligi, mustaqillik davrida erishilgan yutuqlar, millatlararo totuvlik va bag'rikenglik, sohadagi rivojlanishlar hamda bu borada yoshlar ongini tubdan o'zgartirish, ularga milliy qadriyatlarni e'zozlagan holda yangiliklarga intilish va xayotga tadbiq etish kabilar xaqida so'z yuritildi. Davra suxbatidagi 2 – mavzu boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlari oldida turgan dolzarb masala, ya'ni “Ish beruvchi tomonidan xodimning sog'lig'iga etkazilgan zararni to'lash tartibi hamda ayollar, yoshlarga belgilangan qo'shimcha kafolat va imtiyozlar”ga qaratildi. Ushbu mavzu yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bo'lim mudiri Nozima Sulaymonova mehnatga oid bo'lgan qonun to'g'risida batafsil so'z yuritdi.

Tinglovchilar tomonidan korxonalarda ro'y bergan noxush xolatlar bo'yicha ish beruvchi va ishchi o'rtasidagi munosabatlar, imtiyozli nafaqaga chiqish talab-tartiblari borasida tushgan savollarga huquqiy dalillar asosida javob berildi. Shuningdek, o'quv seminarda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasi bo'yicha Respublika birlashgan kasaba uyushma ko'mitasi etakchi mutaxasisi S.Abduganiev joriy yilning iyul oyining birinchi 10 kunligi davomida o'tkazilishi rejalashtirilgan soha sportakiadasini o'tkazish tartibi yuzasidan aniq ko'rsatma va tavsiyalar to'g'risida baratafsil tushuntirish berdi.

Shundan so'ng, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasi bo'yicha Respublika birlashgan kasaba uyushma ko'mitasining tashkiliy ishlar bo'yicha etakchi mutaxassisi R.To'raeva joriy yilning iyun oyida o'tkaziladigan «Eng namunali boshlang'ich tashkilot» ko'rik tanlovini tashkil etish borasida tegishli hujjatlarni (20 iyunga qadar) rasmiylashtirish tartibi to'g'risida tushuntirish hamda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengash Rayosatining 2013 yil 30 apreldagi 11-1 son qarori hamda O'zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosatining 2013 yil 10 maydagi 12-30 “o” son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tizimdagi boshlang'ich kasaba uyushmasi tashkilotlarida o'tkazilayotgan o'rganish va ko'rsatilayotgan amaliy yordam davrida yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq ko'rsatmalar xaqida so'z yuritdi.

O'quv mashg'ulotni O'zbekiston aloqa xodimlari kasba uyushmasi Markaziy kengashi raisi o'rinbosari E.A.Yusupov boshqardi. Kun tartibidagi masalalarga oid ma'lumotlar tinglanib, o'quv-seminar qatnashchilarining o'zaro savol-javoblari to'liq qoniqtirilgandan so'ng tadbir yakunlandi.

©2008-2024 O'zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi