13.05.2024
ico-rss

Ishonch telefoni / Телефон доверия

(+99871) 2565685

Kasb bayrami nishonlandi

User Rating:  / 0
PoorBest 

      7-may kuni «O‘zbektelekom» AK Samarqand filialida aloqachilarning kasb bayramlari munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Xodimlar ruhini hamda g‘ayratini ko‘tarishga qaratilgan ushbu tadbirda filialning ilg’or xodimlari hamda mehnat faxriylari ishtirok etdilar.

“Har bir inson mehr-e’tibor og’ushida” shiori ostida filial ma’muriyati va kasaba uyushmasi tomonidan o’tkazilgan tadbirda biz bilan hamnafas yashayotgan piribadavlat faxriylarimizga, mehrimizga muhtoj kishilarga izzat-ikrom ko‘rsatildi, ular moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlandilar.

              
     
 

 

Filial rahbariyati va Samarqand viloyati hokimiyati faxriy yorliqlari va minnatdorchilik xatlari bilan 16 nafar xodimi taqdirlandi.

 

              

 

Aloqa sohasining barcha fidoyilari o’z zimmalaridagi ustuvor mas’uliyatni bugun har qachongidan ko’ra to’g’ri anglab, samarali mehnat qilmoqdalar.

Bag’rikeng, halol-pok, vijdonli, mehr-oqibatli, el-yurtning g’ami, tashvishi bilan yashaydigan kishilar jamiyatda qadr-qimmat, hurmat-e’tibor topadilar.

 

 

©2008-2024 O'zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi