O'zbekiston aloqa xodimlari Markaziy kengashi rahbarligida Respublika birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitalari tomonidan joriy yilning 12 iyun kuni Aloqa, axborotlashtirish sohasi tarixi va me'rosi jamoat fondi muzeylar direktsiyasining “Aloqa tarixi muzeyi”da Toshkent shahar korxona, tashkilot va muassasalari boshlang'ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari va faollari uchun tashkil etilgan “Kasaba uyushma kuni” va «Ma'naviyat soati» o'quv mashg'uloti kun tartibiga dolzarb mavzu kiritildi. Xususan, kun tartibidagi birinchi masala O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2013 yil 9 may kunida so'zlagan nutqining mazmun-mohiyatiga qaratilgan bo'lib, mavzu yuzasidan O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi siyosiy sharxlovchisi, “Shuxrat” ordeni sohibi, antikdunyo xalqaro fanlari akademiyasi akademigi Karimbekov Qobulbek To'xtabekovich ma'ruza qildilar.
O'qish: “Kasaba uyushma kuni” va “Ma'naviyat soati”da dolzarb mavzudagi davra suxbati o'tkazildi